Eldor Shomurodovda koronavirus aniqlangan. U “Verona”ga qarshi oʻyinda qatnasha olmaydi
Foto: Getty Images Sport
Ertaga, 19-fevral kuni Italiya A Seriyasining 26-turida “Roma” oʻz maydonida “Verona”ni qabul qiladi. Klub kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritish uchun toʻrtinchi oʻrinda borayotgan “Yuventus” bilan oʻrtadagi olti ochkolik farqni yoʻqqa chiqarishi kerak.
Shu bois, “Verona”ga qarshi oʻtkaziladigan oʻyinda rimliklar faqat gʻalaba qozonishga majbur. Mourinyo shogirdlari ichki chempionatda soʻnggi toʻrtta turdan ikkitasida ochko yoʻqotdi. Raqib jamoa esa uchtasida zafar quchib, faqat Turinda “Yuventus”ga yutqazdi.
Italiya matbuotining yozishicha, muhim uchrashuvda “Roma”ning bir necha futbolchilari, xususan, Eldor Shomurodov qatnasha olmaydi. Maʼlumotlarga qaraganda, hamyurtimizda va Genrix Mxitaryanda koronavirus aniqlangan. Manbaga koʻra, Karles Peres ham virus yuqtirgan boʻlishi mumkin.
Shuningdek, Mourinyoning sevimli shogirdi Nikolo Dzanyolo ham bu galgi bahsni jarohatlari sabab oʻtkazib yuboradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring