Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytirdi
Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” klubi bilan shartnomasini 2027-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi. Bu haqida “Yahoo Sports” nashri maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Eldor Shomurodov klub bilan shartnomani uzaytirish uchun amaldagi maoshining qisqarishiga rozilik bildirgan. “Roma” klubining ayni vaqtdagi boshqaruv strategiyasiga koʻra, jamoa shartnomani uzaytirmoqchi boʻlgan ayrim futbolchilarning maoshlarini qisqartirishni nazarda tutadi.
Taʼkidlash joizki, hamyurtimiz joriy mavsumda “Roma” klubi safida yorqin oʻyinlar namoyish etmoqda. Aksar hollarda zaxiradan oʻyinga qoʻshilayotgan hujumchimiz oʻziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalanmoqda.
Maʼlumot uchun, Shomurodovning “Roma” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoz oyida tugashi kerak edi. Yangilangan shartnomaga koʻra, Shomurodov 2027-yilning yoz oyiga qadar Rim klubi sharafini himoya qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov “Roma” klubidagi 4-yillik faoliyati davomida ilk bor fevral oyining eng yaxshi futbolchisiga aylangan edi.
Oʻzbekistonlik hujumchi Rim klubi rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida Dibala, Anxelino, Chelik va Sule kabi futbolchilarni ortda qoldirgan holda oy futbolchisi nomiga ega chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring