Ekvadordagi plyajdan sakkizta kesilgan bosh topildi — BILD

16:27 15 Fevral 2026 Dunyo
293 0

Ekvador politsiyasi 14-fevral kuni mamlakatning Guayas sohil provinsiyasidagi plyajlardan birida sakkizta kesilgan bosh topilganini maʼlum qildi.

Politsiya rahbari Marselo Kastilyoning maʼlum qilishicha, topilgan boshlar yonida “oʻgʻirlik taqiqlanadi” mazmundagi yozuv tushirilgan xat qoldirilgan.

Qayd etilishicha, bu kabi holat ilk bor sodir boʻlayotgani yoʻq. Jumladan, shu yilning yanvar oyida ham Ekvadordagi boshqa bir plyajda beshta kesilgan bosh topilgan edi. Huquq-tartibot idoralari ushbu jinoyatlarni mamlakatda avj olgan giyohvand moddalar kartellari oʻrtasidagi urush bilan bogʻlamoqda.

Mazkur toʻqnashuvlar oqibatida Ekvador Janubiy Amerikaning eng zoʻravon davlatlaridan biriga aylanib qolgan. Mamlakat ichki ishlar vazirligi xabariga koʻra, oʻtgan yili qotilliklar darajasi har 100 ming aholiga 54 tani tashkil etgan.

Maʼlumot uchun, Ekvador dunyodagi eng yirik kokain ishlab chiqaruvchi davlatlar — Kolumbiya va Peru orasida joylashgan boʻlib, giyohvand moddalar kontrabandasi uchun muhim tranzit hudud hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер