Eksternat tartibida davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar qachondan qabul qilinishi aytildi
Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1-fevralidan qabul qilinadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 2025-2026-oʻquv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan maktablar belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglament ga muvofiq, eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar:
- joriy yilning 1-fevralidan 1-apreliga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali «my.gov.uz» orqali qabul qilinadi.
- 9-sinf uchun — tegishli yilda 17 yoshga toʻladigan;
- 11-sinf uchun — 19 yoshga toʻladigan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy oʻrta taʼlimga jalb qilinmagan fuqarolar ariza berishlari mumkin.
Ariza berish uchun maktab yoki vazirlikning hududiy boʻlinmalariga borish shart emas. Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring