Eksportyor korxonalarga amaliy koʻmak berilmoqda

10:19 29 Mart 2023 Iqtisodiyot
484 0

Bugungi kunning muhim vazifalaridan biri — eksport salohiyatini oshirish, barcha sohalarda tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish orqali ularga amaliy yordam berishdir.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan ham ushbu yoʻnalishda tizimli ishlar amalga oshirilib, ishlab chiqarilayotan tovarlarning chet elga eksport qilinishida tadbirkorlarga tezkor va zamonaviy bojxona xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.

Bu borada tadbirkorlar bilan muloqotning samarali tizimi joriy etilgan boʻlib, xodimlar tomonidan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahridagi “PRO CAB” qoʻshma korxona shaklidagi masʼuliyati cheklangan jamiyatga tashrif buyurildi.

Korxona 2011-yilda ish faoliyatini yoʻlga qoʻygan boʻlib, mamlakatimizdagi yetakchi misdan kabel va simlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgandir.

Eʼtiborlisi, bugungi kunda ushbu korxonasi 700 dan ortiq aholi ish bilan taʼminlangan. Korxona nafaqat ichki bozorga balki, tashqi bozorda Yevropaning qator davlatlari va MDH davlatlariga mahsulotlarini eksport qiladi.

Joriy yilning oʻtgan 3 oyi davomida korxona tomonidan 32,6 mln. dollarlik tovarlar xorij bozorlariga yoʻnaltirilgan.

Tadbirkorga yaqindan koʻmakchi boʻlish, ularga sifatli bojxona xizmatini koʻrsatish, qolaversa, olib kirilgan mahsulot yoki asbob-uskunalarga bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar berish eksport koʻrsatkichi yanada oshishiga muhim omil boʻladi. Shu bois, korxona tomonidan 24,2 mln. dollar qiymatidagi xom ashyo va asbob-uskunalar import qilingan.

Yana bir jihati korxona 2023-yilda boshlab kabel mahsulotlarini qayta ishlab xorijga yoʻnaltirmoqda.

Jumladan, 946,1 tn. kabel ishlab chiqarish boʻyicha qiymati 1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qayta ishlash shartnomasi imzolangan boʻlib, shundan, vazni 34,2 tn, qiymati 163,4 ming dollarga teng boʻlgan qayta ishlash mahsulotlari xorijiy hamkorlarga yetkazib berilgan.

Tashrif davomida post xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini amalga oshirishdagi muammolari oʻrganildi, shuningdek, ularga bojxona sohasida yangi qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar talablari yetkazildi.

Uchrashuvda post xodimlari tadbirkorlarga doimo koʻmak berishga tayyorligini aytib oʻtishdi.

Zero, bugun tadbirkorlarga barcha sohalarda koʻrsatilayotgan amaliy yordamlar natijasida mahalliy ishlab chiqarish, eksport koʻrsatkichlari tobora yuqorilab boraveradi. Bu esa yurtimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga va aholi farovonligiga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер