YEXHT koʻmagida Oʻzbekiston mutaxassislari Ispaniyaning jazoni ijro etish muassasalarini boshqarish tajribasini oʻrgandi
XXI asrda qamoqxonalar ortida nimalar sodir boʻlmoqda — u yerda inson huquqlari va ijtimoiy moslashuv imkoniyati qanday taʼminlanmoqda? Oʻzbekiston delegatsiyasi ushbu masalalarni inson huquqlarini himoya qilish va jazoni ijro etish muassasalarini boshqarish boʻyicha rivojlangan yondashuvga ega Yevropa davlatlaridan biri — Ispaniya tajribasi bilan tanishdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasining Ispaniyaga tashrifi 2025-yil 15-18-dekabr kunlari boʻlib oʻtdi. Tashrif Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT)ning Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori va Taraqqiyot va odil sudlov markazi hamkorlikda tashkil etildi. Oʻquv tashrif jarayonida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi vakillari hamda mamlakatning jazoni ijro etish muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Ular ispan tizimining amalda qanday ishlashini koʻrish uchun erkaklar va ayollar qamoqxonalari va politsiya boʻlimiga tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, oʻzbekistonlik mutaxassislar Ispaniya Adliya vazirligi, Jazoni ijro etish muassasalari Bosh kotibiyati, Karlos III universitetining “Gregorio Peches-Barba” inson huquqlari instituti hamda Ibero-Amerika xalqaro huquqiy hamkorlik tarmogʻida uchrashuvlar oʻtkazdi.
Delegatsiya inson markazida turgan yondashuvga alohida eʼtibor qaratdi. Ispaniya tajribasiga muvofiq, har bir mahkumni individual baholash mexanizmlari taqdim etiladi: uning xulqi, ehtiyojlari va imkoniyatlari inobatga olinib, tegishli saqlash rejimi va qoʻllab-quvvatlash dasturlari belgilanadi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻquv va kasbiy tayyorgarlik kurslari, jamiyatga qayta moslashish dasturlari, shuningdek, mavjud tibbiy va psixologik yordam qanday berilishini oʻrgandi. Qamoqxona xodimlari mahbuslar bilan faol ishlar olib borib, xavfsiz va qoʻllab-quvvatlovchi muhit yaratadilar va bu yerda inson muassasa devorlari ortida rivojlanish va hayotga tayyorgarlik koʻrish imkoniyatlarni yoʻqotmaydi. Bunday yondashuv shuni koʻrsatadiki, qamoqxona nafaqat izolyatsiya joyi, balki inson huquqlari hurmat qilinadigan va ikkinchi imkoniyat beriladigan makon ham boʻlishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasalarini boshqarishda genderga sezgir yondashuvga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻquv tashrifi davomida oʻzbek mutaxassislari orttirgan tajriba va bilimlar inson huquqlariga rioya etgan holda, xalqaro standartlarga muvofiq Oʻzbekistonda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirishda qoʻllanilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring