YI Rossiyaga cheklovlarni aylanib oʻtishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ikkilamchi sanksiyalar joriy qilishi mumkin
Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitviskiy
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qoʻyilgan cheklovlarni aylanib oʻtishga koʻmaklashayotgan uchinchi davlatlarga qarshi ikkilamchi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, bunda 2023-yilda tasdiqlangan, ammo hali qoʻllanmagan sanksiyalarni aylanib oʻtishga qarshi mexanizmdan foydalanilishi mumkin. Ushbu mexanizm orqali YI muayyan tovarlarni uchinchi davlatlarga eksport qilish, yetkazib berish yoki ularni oʻtkazishni taqiqlash huquqiga ega.
Mavzu yuzasidan muhokamalar joriy hafta oxiriga qadar Kopengagenda boʻlib oʻtadigan YI tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida davom ettiriladi.
Bloombergʼning yozishicha, uchrashuvda Rossiyaning neft-gaz va moliya sektoriga qarshi qoʻshimcha sanksiyalar, shuningdek, Rossiya tovarlarini import va eksport qilishga qoʻyiladigan yangi cheklovlar masalasi ham muhokama etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring