Dzyudo: Termiz shahri Oʻzbekiston Kubogiga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 26 — 28-may kunlari Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Kubogi boʻlib oʻtadi.
“Surxon Arena” sport saroyi mezbonlik qiluvchi ushbu musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan dzyudochilar gʻoliblik yoʻlida tatamiga chiqadilar.
Uch kun davom etadigan mamlakat kubogida ayni paytdagi oʻz vazn toifalarining birinchi raqamli dzyudochilari ishtirok etmaydi.
Ular hozirda Samarqand va Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida Gruziya hamda Xorvatiyadagi xalqaro turnirlarga tayyorgarlik koʻrishyapti.
Bugun Oʻzbekiston Kubogida dzyudochilarni roʻyxatdan oʻtkazish, beshta vazn toifasi uchun vazn oʻlchash hamda qurʼa tashlash marosimlari boʻlib oʻtadi.
Ertaga musobaqaning birinchi kuni erkaklar oʻrtasida -60, -66, ayollarda esa -48, -52 va -57 kg. vazn toifalarida gʻolib hamda sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring