Dunyoning oʻttiz davlatida maymunchechak virusini yuqtirganlar qayd etildi — JSST 

23:36 01 Iyun 2022 Dunyo
1140 0

Illyustrativ foto

Dunyo boʻylab 30 ta davlatda 550 dan ortiq maymunchechak kasalligi qayd etilgan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus maʼlum qildi.

«Hozirgacha JSSTda maymunchechak virusi uchun endemik boʻlmagan 30 mamlakatdan 550 dan ortiq tasdiqlangan holatlar mavjud», deydi Gebreyesus.

U kasallikni oʻrganish davom etayotganini, ammo bir vaqtning oʻzida koʻplab mamlakatlarda infeksiya paydo boʻlishi mumkinligini, biroq maʼlum bir vaqtda u yaqqol namoyon boʻlmasligini taʼkidlamoqda. 

JSST bosh direktori infeksiyalar soni ortib borishi va maymunchechak belgilari oʻz-oʻzidan yoʻqolishi, biroq baʼzi hollarda kasallik ogʻir boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«Bir necha mamlakatlarda tarqalgan va may oyida boshlangan epidemiya tufayli oʻlim holatlari haqida xabarlar yoʻq. Vaholanki, JSST Afrika mamlakatlarida maymunchechak deb ataladigan kasallikni 50 yildan beri kuzatib keladi va har yili oʻlim holatlari roʻy beradi», dedi Gebreyesus.

Uning soʻzlariga koʻra, Afrikaning beshta davlatida yil boshidan buyon qariyb 70 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Hozirgacha ushbu kasallik rasman qoʻyidagi mamlakatlarda tasdiqlangan: AQSH, Avstraliya, Avstriya, Argentina, Armaniston, Afgʻoniston, Belgiya, Boliviya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Isroil, Eron, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Malta, Marokash, Meksika, Niderlandiya, Norvegiya, BAA, Pokiston, Peru, Portugaliya, Sloveniya, Sudan, Tailand, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Shvetsiya, Ekvador.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?