Dunyoning eng qimmat futbol klublar reytingi eʼlon qilindi
“Brand Finance” kompaniyasi “2024 Football 50” — dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini eʼlon qildi. Unda Ispaniyaning “Real Madrid” klubining tarkibi 1,842 milliard yevroga baholanib, birinchi pogʻonani band etdi.
2023-yilda Angliyaning “Manchester Siti” klubi ushbu reytingda yetakchilik qilgan edi. Ingliz klubining narxi tushmagan, balki koʻtarilgan. Ammo Kilian Mbappening Madridga koʻchib oʻtishi reytingda oʻzgarishga sabab boʻlgan.
Hozirda “Manchester City” 1,7 milliard bilan ikkinchi, “Barselona” esa 1,68 milliard yevro bilan uchinchi oʻrinda qayd etilgan.
Madrid klubining tarkibi oʻtgan yili 1,59 milliard yevroga baholangandi. “Real Madrid” 2010-yildan beri kuchli uchlikdan joy olib keladi va bu mutlaq rekorddir.
Shuningdek, top roʻyxatda “Manchester Yunayted” (1,528 million), “Liverpul” (1,5 milliard), “Bavariya” (1,351 milliard), PSJ (1,321 milliard), “Arsenal” (1,089 milliard), “Tottenxem” (949 million) va “Chelsi” (915 million) bor.
Ispaniya jamoalaridan “Atletiko Madrid” 566 million yevro bilan 13-oʻrinni egallab turibdi. Shuningdek, 50 talik roʻyxatda “Sevilya”, “Atletik”, “Betis”, “Valensiya” va “Vilyarreal” ham kirgan.
“Brand Power” reytingida ham “Real Madrid” ham 96,3 ball bilan peshqadamlik qilmoqda. Ushbu roʻyxatda “Liverpul” (93,7), “Manchester Siti” (92,8) va “Barselona” (92,7) klublari ham yuqori oʻrinlardan joy olgan. Brend qiymati brend egasi uni ochiq bozorda litsenziyalashdan oladigan iqtisodiy foydani ifodalaydi. “Brand Power” esa brendning raqobatchilarga nisbatan nomoddiy koʻrsatkichlarda qanchalik yaxshi ishlashini nazarda tutadi.
Avvalroq, Kilian Mbappe “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring