Dunyodagi eng qudratli narkobaronlardan biri Texasda qoʻlga olindi
Arxiv foto
Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning «Sinaloa» karteli rahbari Ismoil «El Mayo» Zambada AQSH federal agentlari tomonidan Texasning El-Paso shahrida hibsga olindi.
76 yoshli Zambada jinoiy tashkilotga hozirda AQSH qamoqxonasida oʻtirgan Xoakin «El Chapo» Gusman bilan asos solgan. 25-iyul kuni Zambada bilan birga Gusmanning oʻgʻli Xoakin Gusman Lopes hibsga olingan. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi maʼlum qildi. AQSH Bosh Prokurori Merrik Garland bu ikki shaxs dunyodagi eng zoʻravon va kuchli giyohvandlik moddalar savdosi tashkilotlaridan birini boshqarishini taʼkidlagan.
Fevral oyida Zambada AQSH prokuraturasi tomonidan geroindan kuchliroq dori boʻlgan fentanilni ishlab chiqarish va tarqatish fitnasida ayblangan. Amerika prokurorlarining aytishicha, «Sinaloa» karteli AQSHga eng yirik givandlik moddalari yetkazib beruvchi hisoblanadi. Rasmiylar avvalroq fentanil 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan amerikaliklar oʻlimining asosiy sababi ekanligini taʼkidlagan edi.
AQSH Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi Zambadani qoʻlga olganlik uchun 15 million dollar miqdorida mukofot vaʼda qilgan edi.
2019-yilda Xoakin «El Chapo» Gusmanning sudida uning advokatlari Zambadani ayblovdan qoʻrqmasdan ochiqda yashab yurganiga ishora qilib, butun Meksika hukumatiga pora berganlikda ayblagan edi. Ularning aytishicha, hamma ishni Zambada qilgan.
AQSH davlat departamenti maʼlumotlariga koʻra, Zambada Meksikadagi bir qancha qonuniy korxonalar, jumladan, yirik sut kompaniyasi, avtobus liniyasi va mehmonxona, koʻchmas mulk aktivlarining egasidir.
Fentanil ayblovlari bilan bir qatorda, u AQSHda giyohvand moddalar savdosi, qotillik, odam oʻgʻirlash, pul yuvish va uyushgan jinoyatchilik kabi ayblovlarga duch kelmoqda.
Zambada dunyodagi eng katta narkobaron va Amerikada dongʻi ketgan. U oʻnlab yillar davomida hokimiyatdan qochib kelgan va shuning uchun uning hibsga olinishi Meksikada hammani hayratga soldi.
Meksika va AQSH rasmiylariga iqtibos keltirgan holda «The Wall Street Journal» gazetasining yozishicha, Zambada ichki xavfsizlik boʻyicha tergov va Federal qidiruv byurosining bir necha oy davom etgan operatsiyasidan soʻng yuqori martabali «Sinaloa» aʼzosi tomonidan samolyotga aldab chiqarilgan.
Ushbu operatsiya Jo Bayden maʼmuriyati davrida amalga oshirilgan enga katta operatsiyalardan biridir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring