“Dunyodagi eng mehribon sudya” Frenk Kaprio 88 yoshida vafot etdi
Foto: AP
88 yoshli mashhur amerikalik sudya Frenk Kaprio oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi. Bu haqda Facebookʼdagi rasmiy bayonotda maʼlum qilindi.
“Uning merosi ilhom bergan minglab insonlarning ezgu amallarida yashaydi. U har kuni qilganidek, biz ham uning xotirasi uchun dunyoga bir oz koʻproq rahmdillik olib kirishga harakat qilamiz”, — deyiladi bayonotda.
Kaprio 1985-yildan 2023-yilga qadar Providens shahar munitsipal sudida sudya sifatida ishlagan.
U keng jamoatchilikka “Caught in Providence” (“Providensda ushlanganlar”) teleseriali orqali tanilgan. Sud zalidagi insonparvarligi va mehribonligi tufayli uni “dunyodagi eng mehribon sudya” deb atashgan. Loyiha 2000-yilda efirga uzatilgan va toʻrt marta kunduzgi “Emmi” mukofotiga nomzod boʻlgan.
2023-yilda ushbu serialda Oʻzbekistonlik talabaning ishi ham namoyish etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring