Dunyodagi eng xavfli infeksiya maʼlum boʻldi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari dunyodagi eng halokatli yuqumli kasallik nomini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, COVID-19 rekordini sil kasalligi yangiladi.
Hisobot mualliflari 2023-yil uchun 193 mamlakat maʼlumotlarini tahlil qildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, 1,25 million kishi sil kasalligidan, 320 ming kishi esa koronavirusdan vafot etgan.
2023-yilda 10,8 million kishi sil kasalligiga chalingan, bu bir yil avvalgidan (10,7 million) biroz koʻp. Bu koʻrsatkichining 56 foizi beshta mamlakatga toʻgʻri keladi. Xususan Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Filippin va Pokiston.
Sil kasalligi Mycobacterium tuberculosis patogen bakteriyasidan kelib chiqadi. Uni 85 foiz hollarda davolash mumkin. Ammo davolanmaslik 50 foiz holatgacha oʻlimga olib kelishi mumkin.
“2030-yilgacha sil kasalligi epidemiyasini tugatish uchun shoshilinch choralar koʻrish kerak”, deydi ekspertlar.
Hisobotda, shuningdek, dunyoda sil kasalligidan oʻlimlar soni asta-sekin kamayib borayotgani qayd etilgan.
Hozirda oltita yangi vaksinaning 3-bosqich klinik sinovlari davom etmoqda. JSST veb-saytining xabar berishicha, besh yil ichida davolash boʻyicha yangi koʻrsatmalar yoki dorilar eʼlon qilinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring