Dunyodagi eng yirik ommaviy qabr topildi. U bolalarga tegishli
Peruda arxeologlar bolalarning ommaviy qabrini topishdi. U shu paytgacha aniqlangan eng katta ommaviy qabr hisoblanadi.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, taxminan 140 ta skelet topilgan. Qazilma ishlari AQSh Milliy geografik hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
“National Geographic” portalining yozishicha, bu yerda 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 200ta yosh lamaning jasadi dafn etilgan. Ular 550 yil muqaddam o‘ldirilgani aytilmoqda. Nega deganda, bolalar va hayvonlarning qovurg‘alari singan. Yana boshqa jarohat izlari ham bor. Shuningdek, bu yerda uch nafar yoshi katta odam, ikki nafari boshidan og‘ir jarohat olgan ayol kishi ham dafn etilgan.
Arxeologlarning taxminicha, ular qandaydir marosim tufayli qurbonlik qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring