Dunyoda yiliga 4 milliongacha kishi vaboni yuqtirmoqda — BMT
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bayonotiga koʻra, dunyo boʻyicha yiliga 1,3 milliondan 4 milliongacha kishi vabo kasalligini yuqtirib, ulardan 143 ming nafari hayotdan koʻz yummoqda.
Bu boradagi epidemiologik vaziyat ayniqsa, Afrikada yomon. Xususan, Malavi davlatida oʻtgan yildan beri vabo qurbonlari soni 1000 nafarga yetdi. 30621 kishiga esa ushbu xavfli xastalik tashxisi qoʻyilgan.
JSST ekspertlarining tan olishicha, respublikada vabo epidemiyasi 20 yildan ortiq davom etmoqda. Biroq haligacha bunday antirekord koʻrsatkich qayd etilmagan edi.
Ayni paytda eng koʻp oʻlim holatlari mamlakatning ikki yirik shahri — Lilongve va Blantirda kuzatilmoqda. Shu tufayli taʼlim muassasalari faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan, jamoat joylari, turarjoy mavzelari va savdo-sotiq majmualarida erkin harakatlanish cheklangan.
Qolaversa, oʻtgan yil noyabr oyida Malavi aholisi oʻrtasida ommaviy emlash kampaniyasini kuchaytirish uchun BMT tomonidan qariyb 3 million doza vaboga qarshi vaksinalar yetkazib berilgan va ular maqsadli ishlatilgan. Shunga qaramay, hozir mamlakatda kasallanishlar soni oʻsishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring