Dunyoda chaqaloqlar tugʻilishi nega keskin kamaydi?
Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyoda tugʻilish koʻrsatkichlari sezilarli darajada pasayganiga doir statistikani eʼlon qildi. Unga koʻra, ushbu muammoning kelib chiqishi asosan koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq.
Xususan, kasallikni jilovlash maqsadida qoʻllanilgan qatʼiy karantin cheklovlari va “lokdaun” qoidalari chaqaloqlar dunyoga kelishini keskin kamaytirdi.
Yaʼni bu davrda tibbiyot muassasalarining yuklama bilan ishlashi, homiladorlik davrida xastalikni yuqtirishdan kuchli qoʻrquv va iqtisodiy muammolar aksariyat ota-onalarni farzandli boʻlish rejasidan vaqtincha voz kechishga undadi.
JSSTning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, bu borada Boltiqboʻyi mamlakatlari va Ruminiyada shiddatli pasayish dinamikasi qayd etilib, koʻrsatkichlar mos ravishda 28 va 23 foizni tashkil etdi. Yevropa Ittifoqining qolgan davlatlarida esa kamayish holatlari 14 foizga yetdi.
Tashkilot ekspertlari xulosasiga koʻra, koronavirus cheklovlari qancha uzoq davom etsa, bolalar tugʻilishi ham shuncha ozayaveradi.
Shunga qaramay, bu global muammo Shvetsiyani butunlay cheklab oʻtgani bejiz emas. Chunki bu yerda COVID-19 epidemiyasi u qadar katta talafot va yoʻqotishlarni keltirib chiqarmadi. Shu sababli rasmiylar mamlakatda qatʼiy karantin choralarini joriy qilmadi.
Binobarin, oʻtgan yil davomida Buyuk Britaniyada tugʻruqlar soni 13 foiz, Shotlandiya va Fransiyada 14 foiz hamda Ispaniyada 23 foizga kamaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring