Dunyo boʻylab banklar va aviakompaniyalar ishida uzilishlar kuzatildi
Illyustrativ foto
AQSH, Germaniya, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda global texnik nosozlik qayd etildi. Buning oqibatida aloqa operatorlari, banklar va aviakompaniyalar katta zarar koʻrdi.
“ABC” telekanali maʼlumotlariga koʻra, Avstraliyadagi texnik nosozlik bugungi kunda butun dunyo boʻylab kompaniya va muassasalar oldida turgan texnik muammolarning bir qismidir.
Manbada aytilishicha, muammo AQSHning “CrowdStrike” kiberxavfsizlik firmasi bilan bogʻliq. Avstraliyada bu “Microsoft” noutbuklari bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqardi. Koʻplab qurilmalar tasodifiy qayta ishga tushirildi va koʻk ekranda xato xabari koʻrsatildi.
“Global uzilish koʻplab avstraliyalik biznes va davlat idoralariga taʼsir qildi. Uzilish aloqa operatorlari, media veb-saytlari, banklar va aviakompaniyalarga, shuningdek, serverlarga ham taʼsir koʻrsatdi”, deyiladi telekompaniya xabarida. Qayd etilishicha, muammo ushbu telekanalni ham chetlab oʻtmagan.
Avstraliyaning “WA Today” gazetasining yozishicha, nosozlikdan toʻlov tizimlari, jumladan, “Apple Pay” ham zarar koʻrgan.
Texnik uzilishlar sabab AQSHning “Delta”, “United Airlines” va “American Airlines” kabi yirik aviakompaniyalari barcha reyslarni bekor qildi.
Berlin xalqaro aeroportida maʼlum muddatga faoliyatini toʻxtatdi.
“ABC” maʼlumotlariga koʻra, nosozlik “CrowdStrike” tomonidan shu hafta boshida chiqarilgan dasturiy taʼminot yangilanishi tufayli yuzaga kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring