Donald Trampga suiqasd uyushtirildi

09:40 14 Iyul 2024 Dunyo
751 0

Foto: AP

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi.

Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz bergan. Tramp qulogʻidan yaralangan va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etgan.

AQSH prezidentligiga nomzodning matbuot kotibi Stiven Chunning maʼlum qilishicha, siyosatchi Pensilvaniya shtatidagi kasalxonada tibbiy koʻrikdan oʻtgan. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, Tramp oʻng qulogʻidan yaralangan va koʻp qon yoʻqotgan.

«BNO News» portaliga koʻra, Tramp allaqachon tibbiy muassasadan chiqqanini xabar qildi. U Viskonsinda boʻlib oʻtadigan Respublikachilar qurultoyiga ishtirok etish niyatida.

Maxfiy xizmat oʻq uzgan odamni oʻldirgan. Hodisa oqibatida saylovoldi miting ishtirokchilaridan biri halok boʻlgan, yana ikki nafari ogʻir yaralangan.

AQSH prezidenti Jo Bayden Trampning tuzalib ketishi uchun ibodat qilayotganini aytdi. Keyinroq Bayden Tramp bilan telefon orqali gaplashgan.

Federal qidiruv byurosi otishma boʻyicha tergovda asosiy vazifani oʻz zimmasiga olgan. Idora otishmada gumonlanuvchining Pensilvaniya shtati yashovchi 20 yoshli erkak ekanligini aniqlagan. Maxsus agent Kevin Rojakning aytishicha, mitingdagi otishma Trampning hayotiga suiqasd sifatida baholanmoqda.

«New York Post» nashrining yozishicha, Trampni oʻldirmoqchi boʻlgan shaxsning ismi Tomas Metyu Kruks boʻlib, u 20 yoshda.

Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qoʻmitasi Donald Trampga suiqasd boʻyicha tergov boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер