DXM orqali koʻrsatilayotgan xizmat turlari 4,5 baravarga ortgan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” boʻlib oʻtmoqda.
Unda deputatlar “Fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish darajasini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masalani muhokama qilmoqda. Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga Adliya vaziri R. Davletov javob beryapti.
R. Davletovning taʼkidlashicha, mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, toʻrt yil davomida davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmat turlari 4,5 baravarga ortgan holda, 37 tadan 175 taga yetdi va aholiga 40 milliondan ortiq xizmat koʻrsatildi.
Respublika boʻyicha 170 ta zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari binolari davlat-xususiy sheriklik asosida qurilib, foydalanishga topshirildi. Tuman (shahar) markazlaridan 50-100 km uzoq hududlarda 141 ta filiallar tashkil etildi. Buning natijasida har kuni oʻrtacha 40-45 ming fuqarolarimiz davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib, tegishli xizmatlardan foydalanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring