DXX va Mudofaa vazirligi rahbariyatidagi tayinlovlar rasmiy eʼlon qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimini Bahodir Qurbonov egalladi. Abdusalom Azizov Xavfsizlik kengashiga tayinlandi. Bu haqda UzA xabar berdi.
DXXning raisi lavozimiga Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov tayinlandi. Yangi rahbarni tayinlanishi marosimida Abdusalom Azizovning davlat xavfsizligi tizimining rivojiga qoʻshgan hissasi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, yangi tayinlangan DXX raisi Bahodir Qurbonov general-leytenant Azizovning xavfsizlik tizimining yangilanishi va yangi kadrlarni tarbiyalashdagi mehnatini alohida qayd etdi.
Abdusalom Azizov unga qaysi lavozimda ishlash buyurilmasin, xalq va prezidentga sodiq qolib ishlashga tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
- Bosh prokuratura muzeyiga noyob eksponatlar kiritildi
- Oʻzbek polvonlari kurash boʻyicha Jahon chempionatida 72 ta medal bilan birinchi oʻrinni egalladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring