DXX: Yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga chek qoʻyildi
Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi oʻzganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida boʻlgan 10 gektar sugʻoriladigan yer maydonini 24 mln. AQSH dollariga sotib olib berishini aytib, yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga kelishilgan summadan 1,5 mln. AQSH dollarini berishini talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida yashovchi, 1972-y.t., muqaddam sudlangan shaxs firibgarlik yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida, 2021-yilda Boʻstonliq tumani hokimligi tomonidan mahalliy qurilish firmaga investitsiya kiritish dasturi asosida koʻp qavatli turar-joylar barpo etish uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2,5 mln. AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 200 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring