Diqqat! Yangi yilda “olivye”ni hamma ham isteʼmol qilmasligi kerak

11:50 28 Dekabr 2025 Dunyo
784 0

Illyustrativ foto

Shifokorlar sogʻligida muammolari boʻlgan kishilardan Yangi yil kunlarida ovqatlanish ratsioniga qatʼiy rioya qilishlari va bayram kunlari uchun reja qilingan taomnomani diyeta talablarini buzmagan holda qayta tuzib chiqishlarini tavsiya qilmoqda.

Xususan, bayram dasturxonidan oʻrin oladigan mayonezli salatlar yogʻ va osh tuzi miqdori yuqori boʻlgan taomlar qatoriga kiradi. Shu bois bunday salatlar yurak-qon tomir kasalliklari, ikkinchi tur qandli diabet, semizlik, oshqozon-ichak, jigar va buyrak kasalliklari bor shaxslar uchun, shuningdek, keksalar, homilador va emizikli ayollar ovqatida cheklanishi yoki umuman isteʼmol qilinmasligi lozim.

Rossiyalik diyetolog Antonina Starodubovaning maʼlum qilishicha, agar inson bayramni “olivye” kabi anʼanaviy salatlarsiz tasavvur qila olmasa, ularning porsiyasini keskin kamaytirish tavsiya etiladi. Ayniqsa, yangi yil dasturxonida taomlar qancha koʻp boʻlsa, har biridan olinadigan miqdor shuncha kichik boʻlishi kerak. Sogʻlom inson uchun ham salatlarning umumiy porsiyasi 150–200 grammdan oshmasligi maqsadga muvofiq.

Starodubovaga koʻra, surunkali kasallikka ega insonlar bayram kunlari ham shifokor tavsiyalariga qatʼiy amal qilishi zarur. Yogʻ va osh tuzi koʻp boʻlgan taomlar bunday bemorlar ovqatida qatʼiy cheklanadi. Bu talab nafaqat yurak-qon tomir kasalliklari va diabet, balki oshqozon-ichak, jigar, buyrak xastaliklari boʻlgan shaxslarga ham taalluqli.

Diyetolog anʼanaviy yangi yil salatlari, odatda, mayonez bilan tayyorlanishini qayd etdi. Mayonezning bir osh qoshigʻi taxminan 200 kilokaloriya boʻlib, unda yogʻ ulushi 67 foizgacha yetadi. Shuningdek, sanoat usulida ishlab chiqarilgan souslar kabi mayonezda ham osh tuzi miqdori yuqori.

Mutaxassisning aytishicha, “olivye” salatidagi tuzlangan va marinadlangan bodring, kolbasa yoki vetchina ham koʻp miqdorda tuz va toʻyingan yogʻlarni oʻz ichiga oladi. Konservalangan mahsulotlar, selyodka va zapravkalar ham yuqori tuzli mahsulotlar qatoriga kiradi. Shu bilan birga, salat tarkibiga qaynatilgan sabzavotlar, tuxum, baliq, yangi sabzavot va koʻkatlar qoʻshish orqali uni nisbatan foydali qilish mumkin. Starodubova salatlarda kolbasa oʻrniga qaynatilgan yogʻsiz kurka yoki tovuq goʻshtini ishlatish, mayonezni esa smetana, yogurt yoki sovuq siqimda olingan oʻsimlik yogʻi bilan almashtirishni tavsiya qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер