Devid Bekxem Xitoyning yirik kompaniyasining «yuzi»ga aylandi
Arxiv surat
Angliyalik afsonaviy futbolchi Devid Bekxem Xitoyning «Alibaba» kompaniyasiga qarashli «AliExpress» onlayn savdo platformasining dunyo boʻyicha Ambassadori boʻldi.
Bu xabar Germaniyada kelasi oy futbol boʻyicha Yevropa turniri boshlanishi arafasida eʼlon qilindi. Manbada kompaniya Angliya terma jamoasining sobiq sardoriga qancha maosh berayotgani ochiqlanmagan.
Shartnomaga koʻra, futbol yulduzi «AliExpress»ning oʻyinlarni namoyish qilib boradigan «Score More» platformasining yuziga aylanadi.
«AliExpress» muxlislarga «UEFA EURO-2024» musobaqaga yaqinroq boʻlishda yordam beradi va ularga ajoyib sovgʻalar tayyorlab qoʻygan», deydi Bekxem.
Ushbu kompaniya qatori Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchi «BYD» va elektronika brendi «Vivo» ham chempionat doirasidagi dasturlariga homiylik qilmoqda.
Futbolchi faoliyatini yakunlaganidan buyon koʻplab brend va sport tadbirlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. «Sunday Times Rich List» maʼlumotlariga koʻra, Bekxem va uning rafiqasi Viktoriyaning boyligi 581,6 million dollarni tashkil etadi.
Futbol boʻyicha Yevropa chempionati shu yilning 14-iyun — 14-iyul Germaniyada oʻtkaziladi. Unga jami 2,7 million dona chipta chiqarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring