Deputatlar qiynoqlarni oldini olishga oid qonun loyihasini aniqlik yetishmagani sababli muhokamaga qoʻymadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida jinoyat ishini yuritish chogʻida shaxsni qiynoqqa solish holatlarini oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasida tergov hibsxonasiga joylashtirilishdan oldin shaxsni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda tanasida jarohat yoki shikastlanish aniqlangan taqdirda prokurorga zudlik bilan xabar berish tartibi belgilanmoqda.
Qonun loyihasidagi baʼzi oʻzgartishlar deputatlarda savollar tugʻdirdi. “Adolat” SDP deputati Zuhriddin Mavlonov 271-moddadagi “tibbiy xulosa” soʻzi oʻrniga “tibbiy maʼlumotnoma” soʻzini qoʻllashni taklif qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputati Zafar Xudayberdiyev qonun loyihasida “sudlanuvchilar” subyekti aks etmaganligini taʼkidladi.
Qonunchilik palatasi Spikeri ham mazkur tanqidiy fikrlarni qoʻllab-quvvatladi. Ushbu kamchiliklar sababli qonun loyihasi deputatlar muhokamasiga qoʻyilmadi. Loyiha masʼul qoʻmitaga qayta ishlash uchun yuborildi.
Aniqlik kiritish va tuzatishlar kiritilgandan soʻng qonun loyihasi yana koʻrib chiqilishi kutilmoqda. Mazkur tashabbus qiynoqlarning oldini olishda muhim qadam boʻlishi mumkin, ammo uning aniq va ishonchli qonunchilik normalariga asoslanishi zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring