Denis Istomin Meksikadagi tennis turnirini gʻalaba bilan boshladi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
11-aprel kuni Meksikada tennis boʻyicha «Challenger» tasnifiga kiruvchi “San Luis Potosi” turniriga start berilgan edi. Ushbu turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ilk uchrashuvini oʻtkazdi.
Istomin turnirning 1/16 final bosqichida braziliyalik Mateus Puchinelli de Almeydani 6:7, 6:1, 6:3 hisobida magʻlub etdi. Shu tariqa, oʻzbekistonlik tennischi turnirning 1/8 finaliga yoʻl oldi.
Denis Istominning keyingi raqibi amerikalik Ernesto Eskobedo boʻladi. Ayni vaqtda, Istomin ATP reytingida 296, Ernesto esa 143-oʻrinni egallab turibdi.
“San Luis Potosi” turnirining gʻolibi 17-aprel kuni aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring