Demans xavfini qirq foizga kamaytirishning oddiy usuli maʼlum qilindi

17:19 20 Avgust 2025 Ilm-fan
195 0

Foto: FOTODOM

Sogʻlom parhezga rioya qilgan 60 yoshdan oshgan odamlar kognitiv disfunksiyani boshdan kechirish ehtimoli kamroq. Bunday xulosaga xitoylik olimlar oʻz tadqiqotlari asosida kelishdi.

Kognitiv funksiyalar yoshga qarab asta-sekin oʻzgarib turadi: axborotni qayta ishlash tezligi pasayadi, bir vaqtning oʻzida bir nechta vazifalarni eslab qolish qiyinlashadi, lekin lugʻat va umumiy bilim, aksincha, barqaror boʻlib qolishi mumkin. Biroq, baʼzi keksa odamlarda kognitiv disfunksiya rivojlanadi — xotira, diqqat, nutq va boshqa yuqori funksiyalarning jiddiy buzilishi, koʻpincha Alsgeymer kasalligi yoki qon tomir muammolari bilan bogʻliq.

Ushbu jarayonlarda taomlanishning rolini aniqlashtirish uchun olimlar 60 yoshdan oshgan odamlarda ovqatlanish va kognitiv koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻliqlik boʻyicha tadqiqotlarni tahlil qildilar. Maʼlum boʻlishicha, Oʻrta yer dengizi yoki MIND parhezi (oʻsimliklar asosidagi ovqatlanish rejasi boʻlib, DASH parhezi tamoyillarini Oʻrta yer dengizi parhezi tamoyillari bilan birlashtirib, kognitiv funksiyani yaxshilash va neyrodegenerativ kasalliklar xavfini kamaytirishga qaratilgan) kabi sogʻlom ovqatlanish tartibiga rioya qilganlar boshqa tengdoshlariga qaraganda 40 foiz kamroq kognitiv buzilishlarga duch kelishadi.

«Kundalik hayotda keksa odamlar har bir taomga sabzavot, meva, baliq va dukkakli ekinlarni kiritishga harakat qilishlari kerak. Baʼzi mahsulotlarning, masalan, sut mahsulotlarining taʼsiri hali ham qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladi”, — deya taʼkidlamoqda tadqiqot mualliflari.

Qayd etilishicha, sogʻlom parhezlar koʻp miqdorda meva, sabzavotlar, toʻliq donlar, yongʻoqlar, zaytun moyi, baliq va parranda goʻshtini oʻrtacha isteʼmol qilishni va qizil goʻsht, shirinliklar va qovurilgan ovqatlarni cheklashni oʻz ichiga oladi.

Mualliflarning taʼkidlashicha, ovqatlanish va kognitiv funksiya oʻrtasidagi bogʻliqlik koʻplab maʼlumotlar bilan tasdiqlangan boʻlsada, tahlil sabab-taʼsir munosabatlari haqida aniq xulosalar chiqarishga imkon bermaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер