Dehqon bozorlarida 9 oyda 130 tonnadan ortiq sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi

11:12 29 Sentyabr 2025 Jamiyat
128 0

Dehqon bozorlarida 9 oyda 130 tonnadan ortiq sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi. Bu haqida “Sanepidqoʻmita” maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, “Sanepidqoʻmita” dehqon bozorlarida sanitariya holatini talab darajasiga keltirish, ovqatdan zaharlanishlar hamda aholini xavfsizligi kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni amalga oshirish maqsadida, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tadbirlar oʻtkazgan.

Xususan, respublikadagi 300 ta dehqon bozorlarida ichki ishlar boʻlimlari, davlat soliq inspeksiyasi, veterinariya xizmati va bozor maʼmuriyati bilan hamkorlikda doimiy nazorat oʻrnatilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻrganishlar davomida sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati oʻtgan, organoleptik koʻrsatgichlari meʼyor talablariga javob bermaydigan 130 ming 574,87 kilogramm oziq-ovqat mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanib, oʻrnatilgan tartibda brakovka qilingan.

Shuningdek, goʻsht, sut, qandolat, salat va non mahsulotlarini savdo rastalaridan tashqarida, aravachalarda, maxsus kiyimlarsiz, tibbiy koʻrikdan oʻtmasdan, sanitariya qoidalariga zid ravishda savdo qilayotgan 514 nafar fuqarolarga maʼmuriy bayonnoma tuzilib, oʻrnatilgan tartibda jarimaga tortilgan.

111 ta dehqon bozorida goʻsht sotish uchun, 158 ta dehqon bozorlarida sut va sut mahsulotlarini sotish uchun maxsus jihozlangan pavilyonlar tashkil etilmagani aniqlangan.

Bundan tashqari, 27 ta dehqon bozorida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari, 8 ta dehqon bozorlarida jamoat hojatxonalari, 17 ta dehqon bozorida chiqindilarni vaqtincha yigʻish uchun maxsus chiqindixonalar tashkil etilmagani maʼlum boʻlgan.

Shuningdek, 80 ta dehqon bozorida esa suv taʼminoti kiritilmagan, 142 ta dehqon bozorida oqova suvlarni yigʻish va zararsizlantirish ishlari tashkil etilmagan, 77 ta dehqon bozorlarida dezinfeksiya, dezartizatsiya va dezinseksiya tadbirlarini oʻtkazish uchun vakolatli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmagani oydinlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер