Defoliatsiya dronlar vositasida bajarilmoqda
Agrar sohada dronlardan foydalanish koʻlami kengaymoqda. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Paxtachilikda joriy etilgan yangi agrotexnologiyalar samarasi va xorijiy gʻoʻza navlarining hosildorlik koʻrsatkichlari“ mavzusida Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan press-turda maʼlum qilindi.
Aytilishicha, mazkur uchuvchisiz uchish vositalari yordamida paxta maydonlarini kuzatish, oʻsimliklarning oʻsish holatini tahlil qilish, suv taʼminoti va mineral oʻgʻitlarning yetarliligi aniqlanmoqda. Shu bilan birga, hasharotlarga qarshi kimyoviy ishlov berish ancha osonlashdi. Agrotexnik tadbirlarga sarflanadigan vaqt va resurslar ham tejalmoqda.

— Dronlar vositasida bajariladigan defoliatsiya tufayli yetishtirilgan hosilga ham, yerga ham hech bir zarar yetmaydi, qolaversa, ushbu ish oʻta sifatli bajarilishi barobarida uning xarajati ham sezilarli darajada qisqaradi, – deydi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish boʻlimi bosh mutaxassisi Abdusattorxoʻja Mirzayev. — Hozirgacha Mirzaobod va Sayxunobod tumanida jami 2000 gektar maydondagi gʻoʻzalar ana shu uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida defoliatsiya qilindi.

Shuningdek, press-turda kelgusi yilda dronlar sonini yanada koʻpaytirish rejalashtirilganligi hamda ular vositasidagi agrotexnologiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa hududlarda ham samarali qoʻllanishi kutilayotganligi aytildi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring