“DeepSeek” xodimlariga chet elga chiqishni taqiqlab qoʻydi
Xitoyning sunʼiy intellekt sohasida katta yutuqlarga erishgan “DeepSeek” kompaniyasi oʻzining asosiy xodimlariga chet elga safar qilish va rasmiy ruxsatsiz davlatdan tashqariga chiqishni taqiqlab qoʻydi. u haqda “The Information” xabar qildi.
Bunday qatʼiy choraga sabab qilib kompaniyaning maxfiy maʼlumotlari, savdo va texnologik sirlarining tarqalib ketishini oldini olish koʻrsatilgan.
“DeepSeek” oʻzining samarador va arzon “R1” modeli bilan eʼtiborga tushgan hamda qisqa vaqtda “OpenAI”, “DeepMind” kabi kompaniyalarga jiddiy raqobatchi darajasiga koʻtarilib olgandi.
Taʼkidlash joiz, kompaniyaning global muvaffaqiyati va natijalaridan soʻng Xitoy hukumati uni “milliy boylik” deya eʼtirof etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring