“DeepSeek” ilovasi muvaffaqiyati fonida “Nvidia” 589 mlrd dollar yoʻqotdi
Amerikaning “Nvidia” kompaniyasi qiymati Xitoyning “DeepSeek” sunʼiy intellekti muvaffaqiyati fonida 589 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar bergan.
Grafik chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narxi 3,5 trilliondan 2,9 trillion AQSH dollariga tushdi, bu esa “Nvidia”ni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qilgan.
Kompaniya “DeepSeek” mahsulotini sunʼiy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq deb atagan. Lekin uning ishlashi uchun ham “Nvidia” chiqaradigan grafik protsessorlar kerak.
Xitoycha chat-bot savollarga javob berishda “ChatGPT”dan qolishmaydi. Foydalanish qulay va kuchli kompyuter orqali kirishni talab qilmaydi. Shuning uchun ham bu yirik ishlab chiqaruvchiga aks taʼsir koʻrsatgan.
Taʼkidlash joiz, tarixda hali hech bir kompaniya “Nvidia” singari bir kunda qariyb 600 milliard dollar yoʻqotmagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring