“DeepSeek” AQSH moliya bozoriga 1 trillion dollarga tushdi

Xitoyning “DeepSeek” nomli sunʼiy intellekt modelining ommaga taqdim etilishi va u tufayli kelib chiqqan vahimalar ortidan AQSH moliya bozori 1 trillion dollar atrofida mablagʻ yoʻqotdi.
Bunga sabab Amerika kompaniyalarining “OpenAI” kabi sunʼiy intellekt dasturlari uzoq vaqt hamda milliardlab dollar sarflab yaratilgan. Xitoycha chat-bot esa sanoqli oylarda, bor-yoʻgʻi 6 million dollar evaziga tayyor holatga keldi. Unda aniqlanayotgan ayrim kamchiliklarga qaramay, SI yaxshi natijalar koʻrsatgan.
Yangilik AQSH fond bozorida tartibsizlik keltirib chiqardi. Oʻtgan yili sunʼiy intellekt orqali dunyoning eng boy kompaniyasiga aylangan “NVIDIA” aksiyalari deyarli 17 foizga tushib ketdi va bir kunda 589 mlrd dollar yoʻqotdi. Bu AQSH fond bozori tarixidagi eng katta kunlik yoʻqotish hisoblanadi.
Bundan tashqari “Microsoft” 130 milliard, “Google” esa 80 milliard dollar miqdorida zarar koʻrdi. “Tesla”, “Meta” va “Amazon” aksiyalari ham keskin tushib ketgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
- Sardobaning siri nimada?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring