Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

21:35 13 Aprel 2023 Siyosat
548 0

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasining (DAQ) yangi saylangan raisi Oleg Storchevoy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi parvozlar xavfsizligini taʼminlash, aviatsiya sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, 2023-yilning 17-29-may kunlari boʻlib oʻtadigan ICAO auditiga tayyorgarlik va uni oʻtkazishda DAQ tomonidan amaliy yordam sifatida qoʻmita raisi oʻrinbosari A.Zaykoning konsultant sifatida auditda qatnashish masalasi koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi oʻrtasida “Aviatsiya hodisalarini tekshirish va ularning oldini olish toʻgʻrisida” hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?