Davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi
Shavkat Mirziyoyevning “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sugʻurtasi uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Qayd etilishicha, ushbu amaliyotni joriy etish uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda bir nechta bosqich ketma-ket amalga oshiriladi:
Birinchidan, davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari tasdiqlanadi va ushbu paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar va dori vositalari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taqdim etiladi.
Ikkinchidan, kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish uchun belgilangan muddatlarda tegishli tibbiy koʻriklardan oʻtish, oilaviy shifokorga yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qilish talab qilinadi.
Uchinchidan, shifokor rasmiylashtirgan elektron retsept asosida dori vositalari kafolatlangan paket doirasida bemorlarga dorixonalar tomonidan bepul beriladi va dorixonalarning tegishli sarf-xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi (reimbursatsiya dasturi).
Toʻrtinchidan, tibbiyot tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni oʻz ichiga oluvchi “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi yaratiladi hamda ishga tushiriladi.
Beshinchidan, kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatishga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb etiladi.
Oltinchidan, tuman (shahar), viloyat va respublika shifoxonalarida tibbiy yordam koʻrsatishda kasallikning ogʻirlik darajasidan kelib chiqib, bepul davolanadigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi.
Yettinchidan, imtiyozli toifadagi shaxslar shifokor koʻrsatmasiga binoan axborot tizimi orqali shakllantiriladigan yoʻllanma asosida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul davolanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring