Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarini “Tasdiqlash” jarayonlari davom etmoqda
Foto: Illustrativ foto
Hozirgi vaqtda global miqyosda xolis, tekshirilgan va asoslangan maʼlumotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shuningdek, eng tezkor va keng qamrovga ega, aksariyat yangilik izlovchilar uchun qulay boʻlgan Internet tarmoqlari orqali axborot olish, yangilik izlash, qidiruv soʻrovlarini amalga oshirish ham jadallashib bormoqda. Tabiiyki, bunday vaziyatda turli axborot manbalarining koʻpligi sabab tekshirilmagan, yolgʻon, noxolis, aholini sarosimaga soluvchi va chalgʻituvchi maʼlumotlar tarqalishi koʻpayib bormoqda.
Qolaversa, davlat organlarining rasmiy axborot manbalariga oʻxshash nomdagi ijtimoiy tarmoqlarning “paydo boʻlishi” va ular orqali feyk xabarlarning tarqatilish holatlari ham qayd etilmoqda.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Telegram” messenjeri, “Facebook” , “Instagram” hamda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlari maʼmuriyati bilan erishilgan kelishuvlar doirasida va davlat organlarining soʻrovlari asosida tegishli Internet-platformalarda ularning sahifalariga rasmiy maqom (verifikatsiya) belgisini olishda amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda.
Xususan, bugungi kunga qadar 37 ta davlat tashkilotining umumiy hisobda 74 ta sahifasi: “Facebook” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlari hamda “Telegram” messenjerida “verifikatsiya” jarayonidan oʻtkazildi.
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi va «Oʻzarxiv» davlat agentligining «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmogʻidagi sahifalari ham Agentlikning amaliy koʻmagi bilan “verifikatsiya” qilindi. Ichki ishlar vazirligi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmogʻidagi sahifalarini “tasdiqlash” ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Davlat organlari va tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari maqomini “Verifikatsiya” – tasdiqlash, bu ularda eʼlon qilingan maʼlumotlar, sohaga oid axborot va yangiliklarning ishonchliligini kafolatlaydi. Shuningdek, ushbu rasmiy maqomda faoliyat koʻrsatayotgan ijtimoiy tarmoqning mavjudligini tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring