Davlat xizmatlarini koʻrsatishda byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi (sobiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi) sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaxslardan ortiqcha yoki xatolik tufayli ikki marotaba toʻlangan 864 mln soʻmlik byudjet mablagʻlarining talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat boʻyicha prokuratura organlari tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻrganishda ayrim davlat xizmatlaridan kelib tushgan mablagʻlarning byudjetga va boshqa vazirlik, idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga notoʻgʻri taqsimlanganligi aniqlandi.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha toʻplangan hujjatlar jinoyat ishiga qoʻshib hal qilish uchun prokuratura organlariga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring