Davlat xavfsizlik xizmati Call-markazi ishga tushdi

18:57 14 May 2025 Jamiyat
240 0

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi, deb xabar bermoqda tashkilot axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qoʻngʻiroq qilish mumkin.

Markaz quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlarni qabul qiladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga boʻlgan tajovuzlar haqida;
  • Davlat chegarasini qoʻriqlanishi va himoya qilinishiga boʻladigan tahdidlar;
  • Qurolli Kuchlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga boʻladigan tahdidlar;
  • terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoiy guruhlarga oid;
  • qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar haqida;
  • davlat manfaatlariga tahdid soluvchi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar yuzasidan;
  • milliy, etnik va diniy adovatni targʻib etish;
  • davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga doir boshqa axborotlar.

Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasida belgilab qoʻyilgan va tergovi DXX vakolatiga kiritilgan Jinoyat kodeksining 150-163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.

“Hurmatli fuqarolar, eslatib oʻtamizki «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 38-moddasiga asosan, mazkur qonunni buzganlik, xuddi shuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi”, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер