Davlat byudjeti ochiqligi va shaffofligini taʼminlash uchun qanday choralar koʻrilmoqda?
Ushbu savolga Davlat byudjeti departamenti direktori Sherzod Muhammedov javob berdi:
— 2021-yilda davlat byudjeti shaffofligiga erishish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, parlament vakolatlarini oshirish maqsad qilingan.
Xususan, “Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunda har bir vazirlik va idoralarning davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlari alohida qatorlarda koʻrsatib qoʻyilishi rejalashtirilmoqda. Bunga tushuntirish berib oʻtaman.
Qonunning 5-ilovasiga muvofiq, birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, masalan, Xalq taʼlimi vazirligi yoki Sogʻliqni saqlash vazirligi kabi idoralarga qaysi dastur uchun qancha mablagʻ ajratilganini barcha fuqarolarimiz koʻrishi mumkin boʻladi. Shu orqali davlat byudjeti mablagʻlarining shaffofligi taʼminlanishi koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring