Daniya qirolichasi Margrete II 52 yillik hukmronlikdan soʻng taxtdan voz kechdi

15:10 01 Yanvar 2024 Dunyo
1342 0

Daniya qirolichasi Margrete II oʻzining yangi yildagi nutqida taxtdan voz kechish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Monarx taʼkidlaganidek, bu 14-yanvar — uning taxtga oʻtirganiga 52 yil toʻlgan kunda sodir boʻladi. U taxtni oʻgʻli, valiahd shahzoda Frederikga topshirish niyatida.

Bunday qarorga Margrete II 2023-yil fevral oyida oʻtkazilgan bel operatsiyasi sabab boʻlgan.

Daniya qirolichasi taxtdan voz kechish niyatini eʼlon qilganida, uning Kopengagendagi Amalienborg saroyi oldidagi nutqini eshitish uchun toʻplangan olomon oʻz-oʻzidan qarsaklar chaldi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Margrete II 1972-yilda taxtga oʻtirgan edi. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II vafotidan keyin u Yevropadagi eng uzoq hukmronlik qilgan monarxga aylangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?