“Damas” va “Labo” avtomobillarning 74 turdagi ehtiyot qismlari ham endi Xorazmda ishlab chiqariladi
Foto: «Xalq so‘zi»
Davlatimiz rahbari joriy yilning 31 mart kuni Xorazm viloyatiga tashrifi davomida “UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida “Damas” va “Labo” avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravarga oshirish topshirig‘ini bergan edi.
Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda transport xarajatlarini maqbullashtirish maqsadida Xorazm viloyatining 40 nafardan ziyod tadbirkorlari vodiy viloyatlarida bo‘ldilar. Ular Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida joylashgan mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan butlovchi qismlarni Xorazm viloyatida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.
Ushbu amaliy ishlar natijasida 74 turdagi detallarni Xorazmda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, 5 ta yirik ishlab chiqaruvchilar bilan kooperasiya aloqalari o‘rnatildi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring