Dam olish kunlari ob-havo qanday boʻlishi maʼlum qilindi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 18-21-oktyabr, dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-oktyabrda 5-10 daraja, 19-21-oktyabrda 3-8 daraja, kunduzi 18-oktyabrda 15-20 daraja, 19-20-oktyabrda 13-18 daraja, 21-oktyabrda 17-22 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-oktyabrda 8-13 daraja, 19-21-oktyabrda 6-11 daraja, kunduzi 18 va 20-21-oktyabrda 21-26 daraja, 19-oktyabrda 18-23 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-oktyabrda 8-13 daraja, 19-21-oktyabrda 6-11 daraja boʻladi, kunduzi 21-26 darajadan 18-23 darajagacha oʻzgarib turadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-oktyabrda 8-13 daraja, 19-21-oktyabrda 6-11 daraja, kunduzi 18-oktyabrda 23-28 daraja, 19-20-oktyabrda 21-26 daraja, 21-oktyabrda 25-30 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-oktyabrda 8-13 daraja, 19-21-oktyabrda 6-11 daraja boʻladi, kunduzi 21-26 darajadan 18-23 darajagacha oʻzgarib turadi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 19-oktyabrda Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 darajadan 3-8 daraja iliqqacha, kunduzi 15-20 darajadan 12-17 darajagacha oʻzgarib turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring