Dam olish kuni Toshkent shahrida ayrim ko‘chalar to‘liq va qisman yopiladi

16:46 16 Aprel 2021 Jamiyat
1425 0

Duatlon bo‘yicha havaskor va professionallar o‘rtasida O‘zbekiston Ochiq Kubogining birinchi bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan 18 aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar ayrim ko‘chalarda harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi. Ushbu ko‘chalar: 

1) To‘liq yopilish: Zulfiyaxonim ko‘chasi – Labzak ko‘chasidan (MobiUz ofisi) Nurafshon aylanma yo‘ligacha;

2) To‘liq yopilish: Nurafshon aylanma yo‘li – Zulfiyaxonim ko‘chasidan Sharof Rashidov shox ko‘chasigacha (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi);

3) Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Sharof Rashidov shox ko‘chasi – Osiyo ko‘chasidan (Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi) Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha (“Jasorat” haykali);

4) Ikki taraflama harakatlanish yo‘lning bitta qismi bo‘ylab tashkil qilinadi: Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Sharov Rashidov shox ko‘chasidan (“Jasorat” haykali)  Labzak ko‘chasigacha (“Anhor-Lokomotiv” bog‘i).

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘raladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер