CRIC-21: mahalliy va xalqaro jurnalistlar uchun media-trening oʻtkazilmoqda

15:57 11 Noyabr 2023 Jamiyat
164 0

10–12-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi koʻmagida, BMTning Choʻllanishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi kongress markazida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Rossiyadan kelgan jurnalistlar uchun media-trening tashkil etildi. 

Maʼlumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Choʻllanishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyasi (UNCCD) choʻllanish, yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish va qurgʻoqchilik oqibatlarini yumshatish boʻyicha xalqaro darajada davlat va xususiy sektor saʼy-harakatlarini birlashtirish maqsadida yaratilgan. Konvensiyada 196 davlat va Yevropa Ittifoqi ishtirokchi hisoblanadi.

Media treningdan bir qator tadbirlar, jumladan, konvensiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha axborot seminari, “Choʻllanish va qurgʻoqchilikning milliy jihatlari”, “Markaziy Osiyoda choʻllanish va qurgʻoqchilikning mintaqaviy jihatlari” kabi mavzular boʻyicha panel muhokamalari, “Mintaqa va ishtirokchi mamlakatlar kontekstida CRIC ishini taʼkidlashga yondashuvlar” va boshqa tadbirlar oʻrin olgan. 

Panel muhokamasi davomida Ekologiya vazirligi mutaxassisi Sobirjon Umarov soʻzga chiqib, Oʻzbekistonda oʻrmonlarni koʻpaytirish va qayta tiklash borasidagi islohotlarning ekologik muammolar (yerlarning degradatsiyasi va choʻllanish, iqlim oʻzgarishiga moslashish, biologik resurslarni saqlash) kompleks yechimi sifatidagi ahamiyati haqida gapirdi.

Ekologiya va suv resurslaridan foydalanish boʻyicha mustaqil ekspert Madina Xolmirzayeva ham panel muhokamalari kun tartibi bilan oʻrtoqlashdi.

“Oʻquv mashgʻulotlarida suv resurslarining hozirgi holati, muammolari texnik, iqlim, geosiyosiy va boshqa oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlgan materiallar taqdim etildi.Oʻzbekiston hukumati suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash boʻyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, “2030-yilgacha suvni rivojlantirish strategiyasi”ga alohida eʼtibor qaratildi. Aytish joizki, respublikada foydalanilayotgan suv resurslarining 80 foizi Markaziy Osiyo mintaqasining qoʻshni davlatlaridan, qolgan 20 foizi esa respublikamizda hosil boʻladi, — dedi ekspert. — Suvni tejashga kelsak, 2030-yilgacha sugʻoriladigan yerlarning deyarli yarmida, yaʼni 2 million gektarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan”.

Treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar yerdan foydalanish, qurgʻoqchilik va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha mahalliy amaliyotlar bilan tanishtirilmoqda, shuningdek, mintaqaviy ekspertlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Taʼkidlash joizki, trening ishtirokchilari dalalarga tashrif buyurib, fermerlar bilan muloqot qilmoqda. Fermerlar ularga ekin ekish paytida qoʻllayotgan texnologiyalari haqida maʼlumot bermoqda. Ishtirokchilar, ayniqsa, xorijiy OAV vakillari dalalarda kartoshka, bugʻdoy, baqlajon, makkajoʻxori kabi mahalliy mahsulotlarni ekishga jarayoniga katta qiziqish bildirishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер