“Craft Fair Uzbekistan-2024” III xalqaro hunarmandchilik va texnologiyalari yarmarkasi
Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Bugun 21 noyabr kuni CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida “Craft Fair Uzbekistan-2024” III xalqaro hunarmandchilik va texnologiyalari yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Mazkur yarmarka O‘zbekiston Prezidentining "Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori doirasida o‘tkazilmoqda.

Tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 100 nafar mahalliy, shu bilan birgalikda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlarida faoliyat olib borayotgan 15 nafar xorijiy hunarmandlar o‘zlarining qo‘l mehnatlari asosida yaratilgan ijodiy namunalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad, ko‘rgazma orqali hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdosiga ko‘maklashish, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz yo‘nalishlari haqida maʼlumot berish hamda yoshlarga hunarli bo‘lishni targ‘ib qilishdan iborat.
Yarmarka 23 noyabrga qadar davom etadi. Unda hamyurtlarimiz va poytaxtimiz mehmonlari ishtirok etishlari mumkin.































Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring