"COVID-19"ga qarshi 660 ming doza vaksina olib kelindi (foto)
Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
Avvalroq, Oʻzbekistonga qariyb 2 mln dollarlik "COVID-19"ga qarshi vaksina muruvvat yordami sifatida keltirilayotgani haqida xabar bergan edik.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining oʻrinbosari Botir Qurbonovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston GAVI tashkilotining COVAX dasturiga aʼzo davlatlar qatoriga kiradi. Shu bois, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2021-yil yanvar oyida koronavirusga qarshi emlash uchun vaksina yetkazib berish yuzasidan GAVI tashkilotiga buyurtma berilgan edi.
Ushbu hamkorlik doirasida yilning oxiriga qadar mamlakatimizga umumiy miqdorda 20 foiz aholini emlash uchun yetarli darajada vaksina, shpris va xavfsiz utilizatsiya qutilari yetkazib berilishi koʻzda tutilgan. COVAX fondi hisobidan Oʻzbekistonga 2 million dozadan ortiq AstraZeneca vaksinasini yetkazish, shundan 2021-yil I chorakda 35-40 foizini, qolgan qismini II chorakdan dunyo boʻylab vaksinalarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, bosqichma-bosqich yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Bugun olib kelingan 660 ming doza vaksinalar COVAX Oʻzbekiston uchun ajratgan 2 million doza vaksinalarning birinchi qismidir. Vaksinalarning qolgan qismi yaqin oylarda yetkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring