Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari boshqa vazirlikda ish boshladi

19:00 07 Avgust 2023 Iqtisodiyot
1067 0

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Otabek Rustamovich Fozilkarimov O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Otabek Fozilkarimov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Jamshid Qo‘chqarov Sherzod Kudbiyev o‘rniga vazir lavozimiga tayinlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?