Chustdagi dahshatli avariya haqida rasmiy munosabat bildirildi
Foto: Videodan kadr
Namangan viloyati Chust tumanida sodir boʻlgan dahshatli YTH boʻyicha rasmiy tashkilotlar birin-ketin munosabat bildira boshladi. Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga koʻra, holat joriy yilning 8-yanvar kuni soat 08:45larda Chust tumani Qorakapa MFY hududidan oʻtgan D-116 “Chust-Axcha-Pop” avtomobil yoʻlining 8-km.da sodir etilgan.
Qayd etilishicha, “Lacetti” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga oʻtib, oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Damas” va “Labo” rusumli transport vositalari bilan toʻqnashib ketgan.
Namangan viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshligʻi Botirjon Boymirzayev “Xalq soʻzi” muxbiriga holatning tergovdaligi va vafot etganlar haqida tez orada maʼlum qilinishini bildirdi.
Qayd etish kerakki, turli ijtimoiy tarmoq kanallarida mazkur avariya natijasida 5 kishi vafot etgani aytilmoqda. Shunga qaramasdan, hozircha vafot etganlar haqida rasmiy axborot eʼlon qilinmagan va hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring