“Chorsu” bozorida yongʻin yuz berdi

17:35 26 Yanvar 2026 Jamiyat
352 0

Foto: “UzNews”

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi Chorsu bozorida yongʻin boʻlayotgani aytilgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 26-yanvar kuni soat 16:04 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beruniy koʻchasida joylashgan “Chorsu” bozorida doʻkon yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Xabarga koʻra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 16:08 da yetib borib, soat 16:20 da yongʻinni qurshab olgan va 16:25 da toʻliq oʻchirgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yoʻq. Yongʻin tufayli doʻkon yertoʻlasining taxminan 15 kvadrat metr qismi yonib zararlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?