Chiroqchida fuqaroning uyidan qariyb 21 kilogramm giyohvandlik vositasi topildi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida fuqaroning uyidan qariyb 21 kilogramm giyohvandlik vositasi topildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, 1981-yilda tugʻilgan muqaddam 2 marotaba sudlangan shaxsning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, 3 dona sintetik qopda saqlanayotgan 20 kilogramm 658 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur fuqaro kelgusida ushbu giyohvandlik vositasini sotib, oson pul topishni maqsad qilgani oydinlashgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish...) 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur moddaning 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun 10-yildan 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring