Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgilandi. Shu orqali sirkulyar iqtisodiyot amaliyotini sohaga joriy qilish koʻzda tutilgan.
Farmonga muvofiq, 2026-yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi taklifiga asosan, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etiladi.
Bu jarayonda atrof-muhit muhofazasi va chiqindilarni maqbul boshqarish maqsadlari ustuvor hisoblanadi. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida esa chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan ekosanoat zonalari 30-yil muddatga tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish, yaʼni yoqish asosida qayta ishlashni koʻzda tutuvchi investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Shu maqsadda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, sugʻoriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari maxsus qaror asosida qishloq xoʻjaligi yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi.
Ushbu farmon chiqindilarni maqsadli boshqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish va qayta ishlashni rivojlantirish, shuningdek, sanoat salohiyatini kengaytirishda muhim huquqiy asos vazifasini bajaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring