Chet eldan noqonuniy zargarlik buyumlarini Oʻzbekistonga oʻtkazmoqchi boʻlgan fuqarolar fosh boʻldi

12:28 31 May 2025 Jamiyat
154 0

Toshkent xalqaro aeroportida ikkita davlatdan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi boʻlgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan, Istanbuldan yurtimizga kelgan fuqaroning yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda uning orasida bojxona deklaratsiyasida koʻrsatib oʻtilmagan, qiymati 80 mln. soʻmlik, ogʻirligi esa 1540 gr oq rangli metalldan yasalgan, 925 probali zargarlik buyumlari borligi maʼlum boʻldi.

Boshqa bir holatda esa Moskva-Toshkent yoʻnalishi boʻylab uchib kelgan yoʻlovchining qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda uning ichidan hujjatlarda maʼlum qilinmagan qiymati 130 mln soʻmlik, ogʻirligi esa 32 gr zargarlik buyumlari topildi.

Mazkur zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida ham noqonuniy zargarlik buyumlari musodara qilingani haqida xabar qilgandik. Ikki holatda mos ravishda 550 million soʻmlik va 1 milliard soʻmlik tegishli hujjatlarsiz boʻlgan zargarlik buyumlari olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?